“Xavfsiz turizm” tizimi uchun uskunalarni xarid qilish.

Biz haqimizda

Biz bilan bog‘lanish uchun

Telefon: (+99871) 207-10-90
Faks: (+99871) 277-70-66
info@psec.uz
Ташкент, 100015, Чиланзарский район,
ул. Кирк-Киз, 10А

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining jamoat tartibiga ko‘maklashish «Xavfsiz shahar” markazi tanlov e’lon qiladi!
Toshkent viloyatida “Xavfsiz turizm” tizimini joriy etish, turistik-rekreatsion xududlarda yuqori darajada xizmat ko‘rsatishni tashkil qilish, jamoat tartibini saqlash va Toshkent shahrida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash doiradsida yo‘l harakati qoidalari buzilishini foto-video fiksatsiya qilishning avtomatlashtirilgan tizimini yetkazib berish uchun tanlov e’lon qilinadi.
Tanlovda ishtirok etishni xohlovchilar quyidagi mezon (kriteriya)larga mos kelishi kerak:

  • shartnoma shartlarini amalga oshirish uchun kerak bo‘ladigan malakali xodimlarga, moliyaviy resurslariga, yetkazib berish uchun tovarga ega bo‘lishi;
  • tuziladigan shartnomaga qonuniy tomondan yondoshish;
  • soliq va boshqa majburiy to‘lovlardan qarzdorliklarining mavjud bo‘lmasligi;
  • bankrotlik jarayoni mavjud emasligi.

Takliflarini qabul qilish muddati – 2020 yil 1 iyun kuni soat 18.00 gacha.
Batafsil ma’lumotlarni psec.uz veb-sayti orqali olish mumkin.