9 May — Xotira va qadrlash kuni

Biz haqimizda

Biz bilan bog‘lanish uchun

Telefon: (+99871) 207-10-90
Faks: (+99871) 277-70-66
info@psec.uz
Ташкент, 100015, Чиланзарский район,
ул. Кирк-Киз, 10А

O‘zbekistonda xalqimiz birdamligi va jasoratining timsoliga aylangan 9 May — Xotira va qadrlash kuni bayrami sifatida tantanali nishonlanmoqda.

Biz Vatan ozodligi yo‘lida og‘ir-sinovli kunlarda birdam va ahillikda g‘alaba uchun butun kuchini safarbar qilgan ko‘pmillatli xalqimizning abadiy mardona xatti-harakatlarini ulug‘laymiz.

Shafqatsiz urush maydonlarida halok bo‘lgan ajdodlarimiz xotirasini yod etish bilan birga bugungi yorug‘ kunlarga yetib kelgan tabarruk keksalar, urush va mehnat faxriylariga mashaqqatli mehnat frontida ko‘rsatgan mardlik va jasorati uchun hurmat bajo keltiramiz.

Aziz hamyurtlar!

Qadrli faxriylarimiz!

"Xavfsiz shahar" Markazi Sizlarni 9 may — Xotira va qadrlash kuni bilan samimiy muborakbod etadi! Sizlarga va yaqinlaringizga sihat-salomatlik va uzoq umr, oilangizga tinchlik-xotirjamlik va farovonlik tilaymiz!

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!