Telefon: (+99871) 207-10-90
Faks: (+99871) 277-70-66
info@psec.uz
Ташкент, 100015, Чиланзарский район,
ул. Кирк-Киз, 10А
Xavfsiz shahar markazi barcha yurtdoshlarimizni muborak Ramazon hayit bayrami bilan qutlaydi.
Muqaddas Islom dinining ezgulik va insonparvarlik, mehr-shafqat kabi buyuk fazilatlari yanada yorqin namoyon bo‘ladigan ushbu shukuhli kunlarda barchamiz, shukronalar aytamiz.
Ramazon oyining fayzu tarovatidan bahramand bo‘lib, jamiyatimizda o‘zaro hurmat va ahillik muhitini mustahkamlash, muhtaram nuroniylar, ayollar va bolalarga mehr va e’tibor ko‘rsatish, ehtiyojmand insonlarga beg‘araz yordam berish singari savobli ishlarni amalga oshirishga intilamiz.
Bunday olijanob maqsad va harakatlar mamlakatimizni taraqqiy topgan davlatlar qatoriga olib chiqish, xalqimizni hayotdan rozi qilishga qaratilgan islohotlarimizning ma’no-mazmuniga har tomonlama uyg‘un va hamohang ekani e’tiborlidir.
Buyuk bobokalonimiz Imom Buxoriy hazratlaridan rivoyat qilingan hadisi sharifda aytilganidek, “Chinakam musulmon o‘ziga ravo ko‘rgan barcha yaxshiliklarni boshqa insonlarga ham ravo ko‘radi”.
Darhaqiqat, hayotda ezgu va savob amallarni bajarib, oilasi, farzandlari, el-yurtining baxtu saodatini o‘ylab, halol mehnat qilib yashash musulmon ahli uchun imon-e’tiqodning muhim sharti hisoblanadi.
Ishonamizki, bugungi hayotning o‘tkir talabi bo‘lgan ilm-fan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va taraqqiyot yutuqlari va dinu diyonatimiz va zamon ruhini qalbimizga chuqur singdirib, Vatanimiz ravnaqi yo‘lida astoydil xizmat qilsak, o‘z oldimizga qo‘ygan yuksak marralarga, albatta, erishamiz.
Niyati pok, maqsadi ulug‘ xalqimizning shu tabarruk kunlarda qilayotgan barcha ibodatlari, ezgu duolari ijobat bo‘lsin!
Muqaddas ayyom – Ramazon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!