Telefon: (+99871) 207-10-90
Faks: (+99871) 277-70-66
info@psec.uz
Ташкент, 100015, Чиланзарский район,
ул. Кирк-Киз, 10А
Soʼnggi yillarda mamlakatimizda korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida muhim tashkiliy-huquqiy islohotlar amalga oshirildi. Аholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga, jamiyatda korruptsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishga yoʼnaltirilgan tizimli choralar koʼrildi. Oʼzbekiston Respublikasining “Korruptsiyaga qarshi kurashish toʼgʼrisida”gi qonuniga, shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi “Oʼzbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarshi kurash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PF-5729-son qaroriga muvofiq, 2019-2020 yillarda korruptsiyaga qarshi davlat dasturi tasdiqlandi.
Mazkur davlat dasturi doirasida “Xavfsiz shahar” jamoat tartibiga koʼmaklashish markazi tomonidan bir qator tadbirlar amalga oshirildi. Markaz faoliyatining ochigʼligini taʼminlash maqsadida “Xavfsiz shahar” tizimini yaratish doirasida amalga oshirilayotgan asosiy loyihalarni yoritib boruvchi rasmiy web-sayt faoliyat koʼrsatmoqda. Markaz web-saytida jismoniy va yuridik shaxslar quyidagi maʼlumotlarni olishlari mumkin:
• Markazning huquqiy maqomini belgilovchi va Markaz faoliyatiga tegishli normativ-huquqiy hujjatlar, shu jumladan oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritish, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlarni tan olish, shuningdek ularni amalga oshirish jarayoni toʼgʼrisidagi maʼlumotlar;
• Davlat va boshqa dasturlarning amalga oshirishi toʼgʼrisida maʼlumot;
• Tanlov oʼtkazish (tenderlari) va sotib olingan mahsulotni yetkazib berish toʼgʼrisida tegishli maʼlumotlar;
• Markaz tomonidan oʼtkaziladigan yoki ishtirok etadigan ommaviy tadbirlar toʼgʼrisida maʼlumotlar (yigʼilishlar, uchrashuvlar, matbuot anjumanlari, brifinglar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqalar);
• Markazning davlat va boshqaruv organlari, jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek, xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan oʼzaro hamkorligi toʼgʼrisida maʼlumot;
• Markazning faoliyat doirasi va uning rivojlanish dinamikasi bilan bogʼliq boʼlgan sohaning (hududning) holatini tavsiflovchi asosiy koʼrsatkichlar, shu jumladan ijtimoiy-ihtisodiy rivojlanish toʼgʼrisidagi maʼlumotlar;
• Markaz tomonidan oʼtkaziladigan ochiq tanlovlar va (tenderlar) auktsionlar toʼgʼrisidagi maʼlumotlar;
• Boʼsh ish oʼrinlari, ish sharoitlari va boʼsh ish oʼrinlarni toʼldirish uchun nomzodlarga qoʼyiladigan talablar toʼgʼrisidagi maʼlumotlar;
• Markaz tomonidan tashkil etilgan muvofiqlashtiruvchi va maslahatchi organlar toʼgʼrisidagi maʼlumotlar.
Shuningdek, Markazning korruptsiyaga qarshi siyosati talablariga muvofiq, korruptsiyaga qarshi mavzular boʼyicha oʼquv rejasi tasdiqlandi, xodimlar toifalarini hisobga olingan qolda guruhlar tuzildi.
Markaz oʼz faoliyatida korruptsiyaga qarshi kurashda davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini taʼminlash va uning kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish uchun yangi tizimli choralar talablariga qatʼiy rioya qiladi.