Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirish xizmati joriy qilindi

Biz haqimizda

Biz bilan bog‘lanish uchun

Telefon: (+99871) 207-10-90
Faks: (+99871) 277-70-66
info@psec.uz
Ташкент, 100015, Чиланзарский район,
ул. Кирк-Киз, 10А

Bugun 2020 yil 20 iyun kunidan boshlab, 2020/2021 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

Abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish joriy yilning 20 iyunidan 20 iyuliga qadar (20 iyul kuni ham) davom etadi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali abituriyentlar oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga onlayn shaklda hujjat topshirishlari uchun “Abituriyentni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish” xizmati joriy qilindi.

Siz https://mover.uz/watch/k1ChEiL/ havolasini bosib, 2020 yilda O'zbekistondagi universitetlarga abiturientlarni Online ro'yxatdan o'tkazish uchun video ko'rsatmalar bilan tanishingiz mumkin.

Manba: Axborot xizmati