"Xavfsiz shahar" markazida videokonferentsaloqa orqali "O'zbekistonda korruptsiyaga qarshi kurash asoslari" mavzusida taqdimot o'tkazdildi

Biz haqimizda

Biz bilan bog‘lanish uchun

Telefon: (+99871) 207-10-90
Faks: (+99871) 277-70-66
info@psec.uz
Ташкент, 100015, Чиланзарский район,
ул. Кирк-Киз, 10А

Korruptsiya muammosi bugungi kunda davlat qurilishi va ijtimoiy boshqaruvning eng dolzarb muammolaridan biriga aylandi, uni hal qilish nafaqat milliy, balki fuqarolik qarzi vazifasiga ham aylandi.
Korruptsiya mexanizmi har qanday davlat va jamiyat rivojiga jiddiy zarar yetkazadi. Shu bilan birga, fuqarolarning ijtimoiy adolat, haqiqat va davlat organlariga ishonchi yoʼqoladi.
Korruptsiyaning oldini olish va fuqarolarning huquqiy ongini oshirish maqsadida, “Xavfsiz shahar” markazining yuridik boʼlimi joriy yilning 
1 iyulь kuni “Oʼzbekistonda korruptsiyaga qarshi kurashish asoslari” mavzusida xodimlar ishtirokida videokonferents aloqa tarzida taqdimot oʼtkazdi.
Taqdimot davomida maʼruzachi korruptsiyaning tarixiy ahamiyati va uning davlat va ijtimoiy taraqqiyotga taʼsirini alohida taʼkidlab oʼtdi. Аsosiy eʼtibor korruptsiya mexanizmi bilan kurashish va uni bartaraf etish mavzusiga qaratildi.
2019 yil 27 maydagi PQ-5729-sonli “Oʼzbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarshi kurash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarorga muvofiq, 2019-2020 yillarga moʼljallangan Korruptsiyaga qarshi davlat dasturi tasdiqlandi. Davlat dasturining asosiy yoʼnalishlari quyidagilardan iborat:
- sud hokimiyatining mustaqilligini yanada mustahkamlash, sudьyalarga har qanday tarzda qonunga xilof ravishda taʼsir oʼtkazish shart-sharoitlarini istisno etish;
- davlat xizmatchilarini tanlov asosida saralab olish, lavozimga tayinlash va yuqori lavozimlarga koʼtarishning shaffof tartibiga asoslangan davlat xizmati tizimini shakllantirish, ular uchun cheklovlar, taqiqlashlar, ragʼbatlantirish choralari hamda korruptsiyaning oldini olish boshqa mexanizmlarining aniq roʼyxatini belgilash;
- davlat xizmatchilari daromadlarini deklaratsiya qilish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish va ularning ish haqi yetarli darajada boʼlishini taʼminlash, shuningdek, davlat xizmatini oʼtashda manfaatlar toʼqnashuvini hal etishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish;
- korruptsiya bilan bogʼliq huquqbuzarliklar toʼgʼrisida xabar bergan shaxslarni himoya qilishning samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini joriy etish;
- aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oshirish, jamiyatda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni kuchaytirish;
- davlat organlari va tashkilotlarining hisobdorligi va faoliyatining shaffofligini oshirish;
- fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari faoliyatining chinakam erkinligini taʼminlash va ularni korruptsiyaga qarshi choralarni tayyorlash, oʼtkazishda va ijrosini monitoring qilishda ishtirok etishga jalb qilish;
Idoraviy korruptsiyaga qarshi kurashishning samarali dasturlarini amalga oshirish, ularning hisobdorligi va faoliyatining ochiqligi mexanizmlarini joriy etish, odob-axloq qoidalariga rioya etilishi va manfaatlar toʼqnashuvining oldi olinishini taʼminlash boʼyicha amaliy chora-tadbirlarni bajarish orqali tegishli sohada korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarga imkon yaratayotgan sabablar va shart-sharoitlarni tag-tomiri bilan yoʼqotish davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining birinchi darajadagi muhim vazifasi hisoblanadi.
Videokonferents aloqa orqali taqdimot davomida Markaz xodimlari oʼzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Otkazilgan taqdimotni video yozuvini ko'rishingiz uchun taqdim etilgan havolaga utishingiz mumkun.