COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashga qaratilgan mobil dasturi ishlab chiqildi

Biz haqimizda

Biz bilan bog‘lanish uchun

Telefon: (+99871) 207-10-90
Faks: (+99871) 277-70-66
info@psec.uz
Ташкент, 100015, Чиланзарский район,
ул. Кирк-Киз, 10А

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligi bilan hamkorlikda COVID-19 infeksiyasi bilan to‘qnash kelgan fuqarolarni ijtimoiy masofa saqlash bo‘yicha ogohlantiruvchi Self-Safety mobil ilovasi yaratildi.

Ilova mobil telefonning GPS va Bluetooth modullari yordamida foydalanuvchilardan birida kasallik aniqlansa, bir daqiqa ichida barcha foydalanuvchilarni 5 metr radiusda kesishgan nuqtalarini solishtiradi. Kesishuv nuqtalari aniqlangach, mazkur joylarda 5 metrli radiusda bo‘lgan barcha foydalanuvchilarga PUSH-xabarnoma ko‘rinishida kasal bilan aloqada bo‘lganlik ehtimoli to‘g‘risida va keyingi xatti-harakatlar bo‘yicha tavsiyalar beradi.

Mobil ilova Android va iOS platformalarida mavjud bo‘lib, www.coronavirus.uz veb-saytidagi havolalar orqali yuklab olish mumkin. Ro‘yxatdan o‘tishda ilova GPS va Bluetooth modullarini yoqib qo‘yish lozim.