Telefon: (+99871) 207-10-90
Faks: (+99871) 277-70-66
info@psec.uz
Ташкент, 100015, Чиланзарский район,
ул. Кирк-Киз, 10А
Mamlakatimizda ilm-fanni yanada ravnaq toptirish, yoshlarimizni chuqur bilim, yuksak maʼnaviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash,raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish borasida boshlangan ishlarimizni jadal davom ettirish va yangi, zamonaviy bosqichga koʼtarish maqsadida “2020 yil – Ilm maʼrifat va raqamli iqtisodiyotini rivojlantirish yili” deb eʼlon qilindi.
“Ilm maʼrifat va raqamli iqtisodiyotini rivojlantirish yili” davlat dasturi doirasida taʼlim tizimining barcha bosqichlarida zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Birlashgan Аrab Аmirliklarining “Dubay kelajak jamgʼarmasi” bilan hamkorlikda “Bir million dasturchi” loyihasini amalga oshirmoqda.
Loyiha maqsadi – keng jaomatchilik, ayniqsa yoshlar uchun dasturlash yoʼnalishida qulay, sifatli va bepul masofaviy oʼqitishni taʼminlash. Loyiha doirasida oʼzbek tilidagi 700 dan ortiq elektron oʼquv materiallari jamlangan uzbekcoders.uz iteraktiv portali ishga tushirilgan. Unda eng mashhur toʼrtta talabgor mutaxassisliklar boʼyicha bepul video kurslar oʼzbek tilida subtitrlar bilan taqdim etilgan, jumladan maʼlumotlarni tahlil qilish, “android” ilovalarni ishlab chiqish, veb-ilovalarni va dasturiy taʼminotlarni ishlab chiqish.
Shuningdek, axborot texnologiyalari sohasidagi yangi mutaxassisliklarni oʼzlashtirishga jalb qilish maqsadida Аxborot texnologiyalari vazirligi tomonidan “Bir million dasturchi” loyihasida yoshlar ishtiroqini kengaytirish boʼyicha ishlar olib borilmoqda, xususan:
aholi oʼrtasida loyihani yoritish va raqamli koʼnikmalarni targʼib qilish maqsadida reklama kompaniyasi (ijtimoiy tarmoqlar, onlayn maktab teledarsliklarida hamda radioda) ish boshladi;
loyiha doirasida bugungi kunda 69 mingdan ortiq oʼquvchi roʼyxatdan oʼtib, 12 ming nafardan ortiq ishtirokchi sertifikatini, 6 ming nafar oʼquvchi bitiruvchi sertifikatni oldi;
“Bir million dasturchi” loyihasi ZIYONETtaʼlim portali, UZMOBILE mobil aloqa operatori va UZONLINE internet-provayderlarining bepul xizmatlariga kiritildi.
Shu bilan birga, raqamli texnologiyalar oʼquv markazlarida ushbu loyiha doirasida dasturlash koʼnikmalariga oʼqitish joriy etilmoqda.