“Xavfsiz shahar” markazida “Xavfsiz shaharda korrupsiyaga oʻrin yoʻq” mavzusida seminar oʻtkazildi

Biz haqimizda

Biz bilan bog‘lanish uchun

Telefon: (+99871) 207-10-90
Faks: (+99871) 277-70-66
info@psec.uz
Ташкент, 100015, Чиланзарский район,
ул. Кирк-Киз, 10А

Taʼkidlanganidek, xalqaro muammo hisoblangan korruptsiya davlatlarning siyosiy va iqtisodiy xavfsizligiga, rivojiga salbiy taʼsir oʼtkazuvchi jiddiy omillardan biri hisoblanadi. Unga qarshi kurash xalqaro miqyosga koʼtarilib, jahon siyosatining muhim masalalaridan biriga aylandi. Korruptsiya fuqarolarning ijtimoiy adolatga boʼlgan ishonchining yoʼqolishiga ham olib keladi. Shu sababli, mazkur jinoyatga qarshi kurashda xalqaro tashkilotlar tomonidan maxsus hamkorlik, chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Oʼzbekistonda ham korruptsiyaning oldini olishga qaratilgan xalqaro hujjatlar ratifikatsiya qilingan boʼlib, korruptsiya va jinoyatchilikka qarshi milliy qonunchilik tizimi yaratilgan.


Oʼzbekiston Respublikasining 2017 yil 4 yanvardagi “Korruptsiyaga qarshi kurashish toʼgʼrisida”gi qonuniga muvofiq “Xavfsiz shahar” markazining korruptsiyaga qarshi kurashish siyosati belgilangan. “Xavfsiz shahar” markazining 2020-2021 yillarda korruptsiyaga qarshi kurashish siyosatini amalga oshirish boʼyicha chora-tadbirlar rejasiga koʼra Markaz xodimlariga “Xavfsiz shaharda korruptsiyaga oʼrin yoʼq” mavzusida seminar oʼtkazildi. Seminar davomida taʼkidlandiki, Markaz korruptsiyaning har qanday koʼrinishlariga toqat qilmaslik muhitini yaratishga xizmat qiladi.
Shuningdek, xodimlarning korruptsiyaga nisbatan munosabatini aniqlash maqsadida xodimlar oʼrtasida tasdiqlangan savollar asosida soʼrov oʼtkazildi.

Markazning 50 nafar xodimlaridan 37 nafari soʼrovda ishtirok etib, 3 foiz javob beruvchi (respondent) lar ayrim savollarni javobsiz qoldirgan.
Soʼrov natijalari boʼyicha Respondentlarning:
aksariyati (90 foizi) korruptsiyani jamiyatning jiddiy muammosi deb bilishi va 11 foizi unga qarshi kurashish jarayonini sust deb hisoblashi;
yarmi (50 foizi) korruptsiyani poraxoʼrlik deb tushunishi; 
45 foizi korruptsiyani vakolatlardan suisteʼmol qilish deb tushunishi; 
4 foizi korruptsiyani mansabdorlarga sovgʼa taqdim etish deb tushunishi; 
1 foizi korruptsiyani tovlamachilik deb tushunishi qayd etildi.
Shuningdek, Respondentlarning 45 foizi kam ish haqi, 15 foizi jamoatchilik nazoratining yoʼqligi, 10 foizi taraqqiy etmagan fuqarolik jamiyati, 10 foizi aholi madaniyati pastligi, 2 foizi inson tarbiya muhitidan kelib chiqishiga bogʼliqligi, 2 foizi korruptsiya holatlari uchun jazoning muqarrar emasligi korruptsiyaning asosiy sabablari deb hisoblashi maʼlum boʼldi.
Respondentlarning 95 foizi Markazda korruptsiya mavjud emas deb hisoblaydi.
Respondentlarning yarmidan koʼpi muammoni korruptsiyaviy 
hatti-harakatlar orqali hal qilish oʼrniga, korrupitsiya toʼgʼrisida xabar berishni afzal koʼrishadi.
Respondentlarning asosiy qismi (85 foizi) korruptsiya harakatlari toʼgʼrisida huquqni muhofaza qilish organlariga oshkora arz qilish tarafdori ekanliklarini bildirishdi.