“Xavfsiz shahar” markazida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 28 yilligi bayrami nishonlandi

Biz haqimizda

Biz bilan bog‘lanish uchun

Telefon: (+99871) 207-10-90
Faks: (+99871) 277-70-66
info@psec.uz
Ташкент, 100015, Чиланзарский район,
ул. Кирк-Киз, 10А

Joriy yilning 7 dekabr kuni “Xavfsiz shahar” jamoat tartibiga ko‘maklashish markazida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 28 yilligi bayramini o‘zgacha bir shukuh bilan nishonlash maqsadida Toshkent shahar prokurorining katta yordamchisi podpolkovnik S. Saidjanova hamda fuqaro murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha mas’ul xodim A. Xolmatovlar ishtirokida Konstitutsiyamiz yaratilishi tarixiga bag‘ishlangan ko‘rgazmali (videotaqdimot) tadbir bo‘lib o‘tdi.


Hususan, tadbirda so‘zga chiqqan S. Saidjanova asosiy Qonunimizning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyati, fuqarolarimiz qalbida qonunga hurmat, Vatanga mehr va sadoqat tuyg‘usini yanada kuchaytirish, ularning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, bosh qomusimizning yaratilish tarixi, unga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, shuningdek konstitutsiyamizning xalqimiz hayotidagi o‘rni va demokratik islohotlarning tayanchi to‘g‘risida ma’ruza qildi.

Shuningdek, tadbirda “Konstitutsiyamiz huquq va erkinligimiz kafolati” mavzusiga bag‘ishlangan videoroliklar namoyish etildi.