"Xavfsiz shahar" markazi Vatan himoyachilari kunini nishonlamoqda

Biz haqimizda

Biz bilan bog‘lanish uchun

Telefon: (+99871) 207-10-90
Faks: (+99871) 277-70-66
info@psec.uz
Ташкент, 100015, Чиланзарский район,
ул. Кирк-Киз, 10А

14 yanvar kuni mamlakatimizda umumxalq bayrami - Vatan himoyachilari kuni keng nishonlanadi.
Dunyoda ko'plab kasblar bor, lekin Vatan himoyachisi eng sharafli kasb hisoblanadi. Zero, ona yurtni, yurt mustaqilligini ko'z qorachig'idek asrash - oila, uy, farzandlarimizni himoya qilish sharafdir. Shuning uchun ham Vatan himoyachilari kuni biz uchun milliy bayramdir. Shuni alohida ta'qidlash kerakki, O'zbekistonda mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq, tinch va osuda hayotni ta'minlash davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi etib belgilandi. Mazmunan ulkan va betakror bo'lgan mustaqil taraqqiyot yillari davomida amalga oshirilgan ishlar tufayli mamlakatimiz bugun zamon talablariga javob beradigan va yuqori jangovar tayyorgarlikka ega bo'lgan, yaxshi qurollangan va texnik jihozlangan milliy armiyaga ega.    
 "Xavfsiz shahar" markazi Vatanimizning barcha mard, jasur va fidoyi himoyachilarini bayram bilan tabriklab, barcha ishlarda tinchlik, mehr-oqibat, farovonlik va muvaffaqiyatlar tilaydi!