Telefon: (+99871) 207-10-90
Faks: (+99871) 277-70-66
info@psec.uz
Ташкент, 100015, Чиланзарский район,
ул. Кирк-Киз, 10А
“Xavfsiz shahar” jamoat tartibiga koʼmaklashish markazi barcha yurtdoshlarimizni yangilanish, yasharish va milliy bayramimiz Navroʼzi ayomi bilan barchani muborakbod etadi!
Navroʼz tinchlik va ezgulik ramzi sifatida, insonparvarlik va yaxshi qoʼshnichilik anʼanalarining gʼalabasi xalqlar va mamlakatlar oʼrtasidagi hamdoʼstlik va xalqaro munosabatlarni rivojlantirishga hissa qoʼshmoqda.
Mamlakatimizda oʼtgan yilning asosiy global voqeasi, shubhasiz, koronavirus inqirozi boʼlishiga qaramasdan, Navroʼz bayramini umid, niyat va maqsadlar bilan kutib olish ezgu anʼanaga aylangan.
“Xavfsiz shahar” jamoat tartibiga koʼmaklashish markazi karantin qoidalarini saqlagan holda, barcha xodimlari uchun Bayram oshi tashkil qilindi. Shu bilan bir qatorda, Yakkasaroy tumani Bobur mahallasi aholisi uchun Navroʼz bayrami sharafiga axborot texnologiyalari va aloqa sohasi nomidan hayriya tadbiri tashkil etildi.