8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami bilan tabriklaymiz!

Biz haqimizda

Biz bilan bog‘lanish uchun

Telefon: (+99871) 207-10-90
Faks: (+99871) 277-70-66
info@psec.uz
Ташкент, 100015, Чиланзарский район,
ул. Кирк-Киз, 10А

"Xavfsiz shahar" jamoat tartibiga k'omaklashish markazi muqaddas va mo‘tabar, muhtarama onaxonlarni, aziz opa-singillarni, shuningdek, yurtimizning barcha ayollarini 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami bilan samimiy tabriklaydi.

Juda katta shiddat bilan rivojlanib borayotgan yangi O‘zbekiston hayotining turli jabhalarida ayolning o‘rni va roli tobora oshib bormoqda. Siz ayollarning onalik mehringiz, hayotiy bilim va tajribangiz farzandlarimizni maʼnaviy-intellektual jihatdan yetuk, mustahkam irodali, jonajon Vatanimizga sadoqatli insonlar etib tarbiyalashga ulkan hissa qo‘shib kelmoqda. Bu borada, ayniqsa, qiz bolalarni katta hayotga tayyorlash, ularni zamonaviy bilimlar, kasb-hunarlarga o‘rgatishda sizning o‘rningiz beqiyos.

Mamlakatimiz hayotining barcha sohalarida bo‘lgani kabi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida faoliyat yuritayotgan 30 ming nafardan ortiq xodimlarning qariyb 35 foizga yaqinini ayollar tashkil etadi. Bu esa ayolning jamiyatda tutgan o‘rni va mavqei tobora mustahkamlanib borayotganining isbotidir.

Bugun ayol nafaqat ona, opa-singil yoki farzand, balki faol xodim, ustozdir. So‘nggi paytlarda hurmatli Prezidentimiz tashabbusi bilan ayollarga turli darajadagi rahbarlik lavozimlarining ishonib topshirilayotgani esa ularga davlat siyosati darajasida eʼtibor, aytish joiz bo‘lsa, ehtirom ko‘rsatilayotganidan dalolat beradi.

Zero, ayolning nafosati va nazokati, vafo va sadoqati, aql-zakovati va fidoiyligi asrlar mobaynida yer yuzida hayot davomiyligi va abadiyligiga asos bo‘lib keladi.

"Xavfsiz shahar" markazi 8 mart – xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami bilan Markaz ayollar jamoasini tantanali ravishda tabriklashdi.

Аziz opa-singillar!

Sizlarni Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami bilan yana bir bor tabriklab, sizlarga oilangiz, farzandlaringiz, el-yurtimiz baxtiga hamisha sog‘-omon, doimo xalqimiz, Vatanimizning yuksak mehri va ardog‘ida bo‘lishingizni tilaymiz. Oilaviy xotirjamlik, xonadonlaringizni tinchlik, fayzu baraka hech qachon tark etmasin.

 

Bayramingiz muborak bo‘lsin!