Markaz haqida

Biz haqimizda

Biz bilan bog‘lanish uchun

Telefon: (+99871) 207-10-90
Faks: (+99871) 277-70-66
info@psec.uz
Ташкент, 100015, Чиланзарский район,
ул. Кирк-Киз, 10А

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 avgustdagi «Аxborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida loyihalarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-3245-sonli Farmoni asosida Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko’maklashish markazi qayta tashkil etildi.

«Xavfsiz shahar» loyihasining amalgа oshirilishi O’zbekistonni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi interfaol rivojlanish yo’lida va mamlakatimizninig jahon hamjamiyatida keng integrallashuvida barqaror va izchil taraqqiy etishi uchun mustahkam poydevor yaratishga qaratilgan. Shu bois, rejalashtirilgan siyosiy tadbirlar va vazifalarni amalga oshirishda Markaz qanchalik jiddiy va maqsadli ravishda intilishi, butunlay mamlakatimiz va xalqimiz farovonligini belgilab beradi.

Markazning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: ichki ishlar organlari, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning axborot tizimlari o’zaro aloqasini, videokuzatuv tizimlarini, huquqbuzarliklarni aniqlash, ob’yektlarni muhofaza qilish, ehtimoliy tahdidlarni tezkor aniqlash va ogohlantirish, intellektual tahliliy datchiklarni aniqlash, shuningdek, jinoyatchilikni oldini olish, navbatchi-dispetcherlik markazlari va ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari to’g’risidagi boshqa axborot tizimlarini aniqlashni nazarda tutuvchi «Xavfsiz shahar» integrallashgan tizimi yaratish; «Xavfsiz shahar» yagona integratsiyalashgan tizimi yaratish bo’yicha
bosqichma-bosqich tadbirlar dasturini tasdiqlash.

 

«Xavfsiz shahar» tizimining asosiy vazifasi: aholi va hududlarni tabiiy va texnogen favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, jamoat xavfsizligi, qonun va tartib buzilishi, yong’in, yo’l va ekologik xavfsizlikni ta’minlash, shuningdek uy-joy kommunal xo’jaligi va ular bilan o’zaro aloqador avtomatlashtirilgan tizimlarni o’z ichiga olgan boshqa tarqalgan ob’ektlarni boshqarish sohasidagi vazifalarni hal qilish.