7 may “Aloqachilar kuni”

О нас

Наши контакты

Teлефон: (+99871) 207-10-90
Факс: (+99871) 277-70-66
info@psec.uz
Ташкент, 100015, Чиланзарский район,
ул. Кирк-Киз, 10А

7 may “Aloqachilar kuni” munosabati bilan soha tizimidagi barcha korxona va tashkilotlar tomonidan kasb bayrami keng nishonlanmoqda.

Bugun “Xavfsiz shahar” jamoat tartibiga ko‘maklashish markazi rahbariyati tomonidan soha xodimlari bayramini ko‘tarinki kayfiyatda nishonlash, shuningdek respublikada “Xavfsiz shahar” kompleksini joriy etish va rivojlantirish loyihasi doirasida faol ishtirok etayotgan va o‘zining ijobiy xulqi bilan boshqalarga o‘rnak bo‘lgan xodimlar mehnatini qadrlash va ularning ishchanlik kayfiyatini yanada oshirish maqsadida bir qator xodimlarga tashakkurnomalar taqdim etildi.