Baxodir Xojamkulov AKT vazirligining «Faxriy yorlig'i» bilan taqdirlandi

О нас

Наши контакты

Teлефон: (+99871) 207-10-90
Факс: (+99871) 277-70-66
info@psec.uz
Ташкент, 100015, Чиланзарский район,
ул. Кирк-Киз, 10А

7-may — Aloqachilar kuni munosabati bilan axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasining yuqori darajada yuksalishi hamda ravnaqi yo'lida faoliyat yuritayotgan, sohaning rivojlanishiga o'zlarining salmoqli hissalarini qo'shib kelayotgan bir guruh xodimlar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining idoraviy mukofotlari bilan taqdirlanishdi.

Quvonarlisi, e'tirof etilganlar qatorida "Xavfsiz shahar" jamoat tartibiga koʼmaklashish markazing Loyihalash bo‘limi boshlig‘i Baxodir Xojamkulov ham bor. Malakali mutaxassis vazirlikning «Faxriy yorlig'i»ga sazovor bo'ldi.

"Xavfsiz shahar" tizimlari yo'nalishida etuk kadrlardan biri hisoblangan Baxodir Xojamkulovni ushbu yuksak e'tirof — vazirlikning idoraviy mukofoti bilan muborakbod etamiz!